Jamiyat

Bektkmirda “Соbalt” to‘xtatilib tekshirilganda...

“Bektemir” YPX maskanida “Соbalt” to‘xtatilib tekshirildi.

Bektkmirda “Соbalt” to‘xtatilib tekshirilganda...

 

 

Joriy yilning 29-iyul kuni soat 01:30 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi I.Djumaboyev tomonidan haydovchi, 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro D.F. boshqaruvidagi  “Соbalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib, tekshirilganda, orqa o‘rindig‘ida, qora sellofan paketda bo‘lgan, o‘tkir hidli saqichsimon modda va zar qog‘ozga hamda oq sellofan paketga o‘ralgan yashil rangli, o‘tkir hidli quritilgan o‘simlik moddasi, shuningdek old o‘rindiq ostidan sellofan paketga o‘ralgan, pushti rangli kukunsimon modda topilib, xolis va guvohlar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Haydovchi F.D. va transport vositasidan topilgan vositalar belgilangan tartibda tuman IIBga topshirilgan. Hozirda tergov tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bektkmirda “Соbalt” to‘xtatilib tekshirilganda... | Zamon.uz