Jamiyat

Navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni 6 nafarga ko‘paydi

Navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni yana olti nafarga ko‘paydi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar bermoqda.

Navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni 6 nafarga ko‘paydi

 

Qayd etilishicha, Sudyalar oliy kengashi qarori bilan vakolati yakuniga yetgan olti nafar sudya navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlandi.

Ular:

Burhon Turdiyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Zafar Usmonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Akrom Hamroyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Azamat Rahimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Dilbar Mavlonova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Burhon Mamajonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Navbatdagi 10 yillik muddatga tayinlangan sudyalar soni 6 nafarga ko‘paydi | Zamon.uz