Jamiyat

O‘zbekistonda Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kombinatining yangi misni boyitish fabrikasi ochilishidagi nutqida kadrlar masalasi haqida kuyunib gapirdi.

O‘zbekistonda Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi

 

“Meni eng ko‘p o‘ylantiradigan masalalardan biri, aynan kadrlar tayyorlash sohasidir. Chunki shunday katta-katta sanoat obyektlarida ishlaydigan malakali kadrlar kerak bo‘ladi bizga.

Barcha darajadagi kadrlar  – muhandislar, ximik-texnologlar, operatorlar, mashinistlar  va boshqa texnik xodimlarni tayyorlash bo‘yicha  ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog‘langan, yagona tizimni yaratishimiz lozim.

Ushbu yo‘nalishdagi birinchi qadam sifatida biz rossiyalik sheriklarimiz bilan birgalikda  Olmaliq shahrida “MISiS” milliy tadqiqotlar texnologiya universiteti filialini tashkil etdik.

Bundan tashqari, mamlakatimizda Geologiya fanlari universiteti ham tashkil etildi. U geologiya sohasidagi 5 ta ilmiy-tadqiqot markazini o‘z ichiga oladi. 

Universitet bazasida Moskva davlat universiteti bilan birgalikda qo‘shma taʼlim dasturini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Kuni kecha Toshkentda geologiya fanlari yo‘nalishi bo‘yicha  Italiyaning Piza universiteti filialini ochish haqida kelishuvga erishildi”, - dedi davlat rahbari.

O‘zbekistonda Italiyaning Piza universiteti filiali ochiladi | Zamon.uz