Jamiyat

Siyosiy partiyalar vakillariga mandatlar topshirildi

29 июль куни Марказий Сайлов комиссиясида Президентлик сайловида иштирок этадиган сиёсий партияларнинг ваколатли вакилларига мандатлар топширилди.

Siyosiy partiyalar vakillariga mandatlar topshirildi

 

Unda Respublikada faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya ishtirok etdi. MSK matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, quyidagi vakolatli vakillarga guvohnoma topshirilgan:

YAKUBOV Baxtiyor Sultannazirovich – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining vakolatli vakili;

MAMATXONOV Bahodirjon Mo‘llajon o‘g‘li – O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining vakolatli vakili;

RAHMONOV Abdukamol Shodiyevich – O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining vakolatli vakili;

SANGINOV Saidrasul Saidakparovich – O‘zbekiston Ekologik partiyasining vakolatli vakili;

VAFOYEV Ulug‘bek Nazarovich – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining vakolatli vakili.

Maʼlumot uchun, Saylov Kodeksining 34-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.

Siyosiy partiyalar vakillariga mandatlar topshirildi | Zamon.uz