Jahon

Afg‘oniston fuqarolar urushidan oldin qanday edi?

Hozirgi kunda ayovsiz urushlar girdobida qolgan Afg‘onistonni bir paytlar dunyoning eng tinch mamlakatlaridan biri bo‘lganligiga hech kim ishonmasa kerak.

Afg‘oniston fuqarolar urushidan oldin qanday edi?

 

40 yildan ortiq davom etayotgan fuqarolar urushi Afg‘onistonni xalqaro terrorizmning asosiy bazalaridan biriga aylantirdi, mamlakat dunyoga giyohvand moddalarning katta qismini yetkazib beruvchiga aylandi. 

 

Lekin Afg‘oniston o‘tgan asrning 50-60-yillarida dunyoning eng tinch davlatlaridan bo‘lgan. O‘sha paytda Afg‘onistonni shoh Muhammad Zohir Shoh boshqarar, u dunyoning barcha yetakchi davlatlari bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan edi. Natijada Afg‘onistonda asta-sekinlik modernizatsiya amalga oshirila boshlandi. Zamon.uz Afg‘oniston eng farovon va tinch yillarida olingan fotosuratlarni taqdim etadi.

 

Afg‘oniston Moliya vazirligi zamonaviy binosi, 1966 yil

 

Bag‘lon viloyatida joylashgan Karkar komir koniga kirish.Afg‘onistonda bir paytlar sanoat ishlab chiqarishi ham yo‘lga qo‘yilgan edi. Karkar koni butun Kobulni ko‘mir bilan taʼminlagan

 

Kobul bozoridagi do‘konlardan biri

 

Afg‘onistonga AQSH prezidenti Duayt Eyzenxauerning tashrifi. 1959 yil, 9 dekabr. Eyzenxauerni kutib olish uchun Kobul aholisi ko‘chaga chiqqandi

 

Kobul universiteti tibbiyot fakulteti talabalari professor (o‘ng tomondan)ni tinglashmoqda. Fuqarolar urushi ayniqsa Afg‘onistonda xotin-qizlar huquqi sohasining chuqur inqiroziga sabab bo‘ldi, 1962 yil

 

Kobulning markaziy ko‘chalaridan biri

 

Afg‘on erkaklari choy ustida, 60 yillar

 

Kobul-Hirot shossesi. Ushbu yo‘l Kobulni Eronning Mashhad shahri bilan bog‘lagan. Hozirda to‘la vayrona holatiga kelgan

 

Muhammad zohirshoh o‘z limuzinida Kobul markaziy ko‘chasida ketmoqda. Zohirshoh 1973-yilgi to‘ntarish natijasida taxtdan voz kechadi va 2002-yilgacha Rimda yashaydi. faqatgina 2002-yil Kobulga qaytib keladi va shu yerda 2007-yil vafot etadi

 

Afg‘on olimlari ish ustida. Kobul vaksina ishlab chiqarish tadqiqot markazi, 60-yillar

 

Afg‘oniston harbiylari paradda

 

Fuqarolar urushi Afg‘onistonning qiyofasini, uning xalqaro imidjini o‘zgartirib yubordi. Bir paytlar gullab-yashnagan davlat xarobalarga to‘lib ketdi. Ana shu qonli urushni to‘xtatish, Afg‘onistonni yana tinch, rivojlanish yo‘liga qaytarish hanuzgacha zamonamizning muhim muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"