O‘zbekistonda 23,5 mingta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda: eng ko‘pi savdo sohasida
Sanoat, axborot va aloqa hamda qurilish yo‘nalishlari ham xorijiy korxonalar faoliyatida yetakchi sohalar qatorida.

2026-yil 1-noyabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 23 501 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning eng ko‘pi savdo va sanoat sohalariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
- savdo — 8 473 ta;
- sanoat — 4 493 ta;
- axborot va aloqa — 1 991 ta;
- qurilish — 1 955 ta;
- yashash va ovqatlanish xizmatlari — 1 021 ta;
- tashish va saqlash — 742 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 603 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 277 ta;
- boshqa sohalar — 3 946 ta.
Avvalroq hududlar kesimida eng ko‘p xorijiy korxona Toshkent shahrida qayd etilgani haqida xabar berilgandi.








