O'zbekiston

O‘tgan olti oy mobaynida sodir etilgan jinoyatlar soni 111,9 foizga oshgan

Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

O‘tgan olti oy mobaynida sodir etilgan jinoyatlar soni 111,9 foizga oshgan

 

Unga ko‘ra so‘ngi 6 oy mobaynida respublika hududida sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 95,3 foizi fosh etilgan, qidiruvdagi 1 833 nafar shaxs ushlangan. Bedarak yo‘qolgan 218 nafar shaxs topilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tashabbusi bilan mazkur davrda 15 434 ta jinoyat aniqlangan.

 

Qayd etish lozimki, ichki ishlar organlari xodimlari tashabbusi bilan aniqlangan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,4 foizga yaxshilangan.

 

Shunga qaramasdan muayyan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlar hamon mavjud.

 

Xususan, 2021 yil 6 oyida respublika miqyosida sodir etilgan umumiy jinoyatlar soni 45 630 tani tashkil etib, har 100 ming aholiga o‘rtacha 132 tadan to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga ortgan.

 

Ushbu ko‘rsatkich Toshkent shahriga 383,3 tadan, Farg‘ona viloyatiga 223,4 tadan, Toshkent viloyatiga 168,4 tadan, Sirdaryo viloyatiga 151,4 tadan to‘g‘ri kelib, respublika miqyosida salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan.

 

Oldi olinishi mumkin bo‘lgan 217 ta qotillik, 4 137 ta tan jarohati yetkazish, 135 ta bosqinchilik, 1 100 ta bezorilik, 7 618 ta o‘g‘rilik, 9 439 ta firibgarlik jinoyati sodir etilishiga yo‘l qo‘yilgan.

 

Bundan tashqari, 6 mingga yaqin (5 837 nafar), ayniqsa, Andijon (1130), Toshkent (709), Farg‘ona (602) viloyatlari va Toshkent shahrida (595) ishsizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilib, joylarda aholining bandligini taʼminlash ishlari samarasiz tashkil etilganligidan dalolat beradi.

 

Oilalardagi notinchlik, nizolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi mahalla faollari va keng jamoatchilikning eʼtiboridan chetda qolganligi oqibatida o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilmoqda.

 

Jumladan, 2021 yil 6 oyida oilaviy munosabatlar doirasida sodir etilgan jinoyatlarning 77 tasi qotillik, 798 tasi tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlardir.

 

Shu bilan birga, oilaviy nizolarga o‘z vaqtida barham berilmaganligi oqibatida 9 575 ta oila-turmush munosabatlari doirasidagi huquqbuzarliklar sodir etilib, ularning aksariyati, yaʼni 70 foizi Toshkent shahar, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarning muammolari to‘liq hal etilmasdan kelinayotganligi oqibatida 2021 yilning birinchi yarim yilligida 3 236 nafar xotin-qiz tomonidan 1 163 ta jinoyat sodir etilgan.

 

2021 yilning 6 oyida sodir etilgan jami jinoyatlarning 7 849 tasi aynan yoshlar tomonidan sodir etilgan. Jinoyatga qo‘l urgan yoshlarning 3180 nafarining bandligi taʼminlanmagan, taʼlim bilan qamrab olinmagan yoshlar tashkil etgan.

 

Bundan tashqari, avtomobil yo‘llarida yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash yuzasidan taʼsirchan nazorat to‘liq va samarali o‘rnatilmaganligi sababli Respublika bo‘yicha 2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida jami 3,5 millionga yaqin, 2020 yilga nisbatan 40,8 foizga ko‘p yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etilgan. Natijada 3754 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 3170 nafar fuqaro jarohatlangan va 954 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Eng achinarlisi, ushbu YTXHlarda 458 nafar bola jarohatlangan va 104 nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘lgan.

 

Ushbu raqamlarni 2020 yilning olti oyi bilan solishtiradigan bo‘lsak, jami yo‘l-transport xodisalar soni 57,2 foizga, ulardan halok bo‘lganlar 30,5 foizga, jarohatlanganlar esa 38,1 foizga ortib ketgan.

 

Bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari esa 2020 yilning olti oyiga nisbatan 40,8 foiz, jarohatlanganlar 44,9 foiz, halok bo‘lganlar esa 33,3 foizga ortib ketgan.

 

Majlisda senatorlar tomonidan aholi o‘rtasida jinoyatchilikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

Noqonuniy suyultirilgan gaz savdosi: 3 mingdan ortiq gaz balloni olib qo‘yildi

120 dan ortiq holatning 39 tasiga gaz ta’minoti idoralari xodimlarining aloqadorligi qayd etildi.

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

O‘zbekistonda ayrim xizmatlarda qog‘oz hujjat talab qilinmaydi: 33 ta idoraviy hujjat o‘zgartirildi

Endilikda banklar, notarial idoralar, aeroportlar va boshqa tashkilotlarda ayrim hujjatlarning elektron shaklidan foydalanish mumkin.

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Samarqanddagi sammit doirasida «IMKON» markazining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Markaz 2 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga individual ehtiyojlaridan kelib chiqib, ta’lim va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatadi.

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

Global miqyosdagi natijalar e’tirofi: Ziroat Mirziyoyevaga topshirilgan JSST mukofoti kimlarga beriladi?

WHO Director-General’s Award — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Bosh direktorining global sog‘liqni saqlash sohasidagi nufuzli xalqaro mukofoti.

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishda cheklov: senator so‘rovi yuborildi

Hududlar bo‘yicha imtihon o‘rinlarini taqsimlash mezonlari va talab yuqori bo‘lgan joylarda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalasiga izoh berish so‘ralgan.

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

“Bolalar — kelajagimiz” degan qarashning o‘zi yetarli emas —Shahnoza Mirziyoyeva

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bolalar farovonligini ta’minlash uchun hukumatlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini qayd etdi.

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

“Malika” bozorida quvlashmachoq: qidiruvdagi erkak qochayotganida mashinaga urilib ketdi

Fuqaro avtomobilga urilganiga qaramay, harakatini davom ettirgan, biroq ichki ishlar xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Metrodagi “probka”: “Paxtakor”dagi tirbandlikka izoh berildi

Yo‘lovchilar to‘planishini kamaytirish uchun poyezdlar harakati intervallarini qisqartirish choralari ko‘rilmoqda.