O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan vaksinalar soni 7 mln dozadan oshdi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 7 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi.


Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 170 003 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, 29 iyulda mamlakat hududlari bo‘ylab 213 278 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 145 873 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 47 185 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 20 220 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, ayni kungacha mamlakatda jami 7 195 709 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 4 635 592 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 1 834 411 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 725 706 nafarni tashkil qildi.
Qayd etilishicha, 29 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Farg‘ona viloyati (25 424 doza),
Andijon viloyati (25 093 doza),
Namangan viloyati (21 654 doza),
Toshkent viloyati (19 977 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona viloyatida 932 829 doza,
Namangan viloyatida 932 538 doza,
Andijon viloyatida 798 009 doza,
Samarqand viloyatida 668 463 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.







