O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev talabalarga ajratiladigan taʼlim kreditiga oid qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev talabalarga ajratiladigan taʼlim kreditiga oid qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev talabalarga ajratiladigan taʼlim kreditiga oid qarorni imzoladi

 

Hujjatga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilidan barcha oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt to‘lov asosida tahsil olish uchun kredit ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Unga ko‘ra, tijorat banklari Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz)da taʼlim krediti ajratadi. Resurs Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladi. Talaba kreditni o‘qishni rasman tamomlagach, yettinchi oydan boshlab yetti yil davomida qaytaradi.

Kreditni rasmiylashtirishda talabaning doimiy daromad manbaiga ega oila aʼzolari birgalikdagi qarz oluvchi sifatida qatnashishishga ruxsat beriladi. «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kirgan oilalar farzandlaridan kredit uchun garov va kafillik talab qilinmaydi.

Taʼlim kreditlari bo‘yicha tijorat banklarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun Moliya vazirligi huzurida Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tuziladi (yuridik shaxs bo‘lmaydi). Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillardan haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘ ajratiladi.

Jamg‘arma tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past bo‘lgan stavkada resurslar ajratadi. Asosiy stavka pasaysa, kredit va resurs stavkasi ham pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

custom img

Suv xo‘jaligida sog‘lom va zamonaviy boshqaruv tizimi joriy etilmoqda

Yangi tizim doirasida suv infratuzilmasi loyihalari yagona elektron platformaga o‘tkaziladi.

custom img

Namanganda daryoda cho‘kib ketgan bir nafar fuqaroning jasadi topildi

Joriy mavsum davomida cho‘milish taqiqlangan hududlarda suvga tushish oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Davlat rahbari Ostona shahrida “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

custom img

Kapital bozori isloh qilinadi: Qonunchilik palatasi yangi qonun loyihasini ma’qulladi

Hujjat kapital bozorini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, yangi moliyaviy vositalarni joriy etish hamda investorlar huquqlarini kuchaytirishni nazarda tutadi.

custom img

Janubiy Koreyaga ishga yuborishdagi 90 mln dollarlik ish bo‘yicha sud boshlanadi

Jinoyat ishi doirasida to‘rt nafar shaxsga nisbatan bir qator og‘ir moddalar bilan ayblov e’lon qilingan.

custom img

Qariyb 600 million so‘m yutuqqa ega “Yil o‘qituvchisi” tanlovining final sinovlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tanlovda Respublikaning 208 ta hududida faoliyat olib borayotgan jami 416 nafar pedagog ishtirok etmoqda.

custom img

Bo'kada bedarak yo‘qolgan erkak o‘lik holda topildi

Hozirda marhumning o‘lim sababini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"