Jamiyat

180 ming dollarlik uyga qalbaki hujjatlar tayyorlandi

Qibray tumanida qalbaki kadastr hujjatlarni tayyorlash bilan bog‘liq firibgarlik harakatlari fosh etildi.

180 ming dollarlik uyga qalbaki hujjatlar tayyorlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududida joylashgan fuqaro N.E.ga tegishli uy ancha vaqt davomida qarovsiz qolganligidan va hech kim yashamayotganligidan foydalanib, F.U.ni otasining nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashib, 180 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganliklari aniqlangan. Bu haqda Prokuratura agentltgi xabar bnrdi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

180 ming dollarlik uyga qalbaki hujjatlar tayyorlandi | Zamon.uz