''Glamour'' butigi ma’muriyati davlat ramzlari aks etgan kolleksiya uchun uzr so'radi
''Glamour'' butigi ma’muriyati davlat ramzlari aks etgan kolleksiya uchun uzr so'radi.

Poytaxtimizdagi Glamour butigida Stefano Richchi tomonidan O‘zbekiston davlat gerbi va bayrog‘ini qo’llagan holda yaratilgan yangi kolleksiya sotuvga chiqarilgani haqida xabar qilgan edik .
Italiyalik mashhur dizayner Stefano Richchiningi UZB kolleksiyasidagi kiyimlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i va Davlat gerbi ramzlari aks etgan.
O’z navbatida, Adliya vazirligi davlat ramzlarining oyoq kiyim va turli liboslarda qo’llanilishi holatini «davlat ramzlariga hurmatsizlik» deb baholadi .
Shundan so‘ng, Stefano Richchi brendidagi mahsulotlarni sotuvga chiqargan Glamour butigi ma’muriyati o’zining Instagramdagi sahifasi orqali holat uchun uzr so‘rab chiqdi.
Xususan butik ma’muriyati shunday deb yozadi: “Biz o’zimizning uzoqni ko’ra bilmasligimiz sabab yuzaga kelgan vaziyatdan afsusdamiz va krossovkalarning mamlakatimiz ramzlari tushirilgan har qanday modeli buyurtmasidan voz kechamiz”.
Do’kon xodimlari mazkur kolleksiya faqat buyurtma uchun yaratilganini va ommaviy sotuv uchun mo’ljallanmaganini qayd etishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston gerbi va bayrog‘i tasviri tushirilgan oq rangli oyoq kiyimning narxii 18 mln so‘m, ko‘k ranglisi esa 24 mln so‘m ekani aytilgandi .







