«Nega hokimiyat vakillaridan pul so‘ramading?». Keksa onasini tahqirlagan ayol yuzasidan maʼlumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Qarshida istiqomat qiluvchi ayol keksa onasi bilan qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘tardi» nomli video tarqaldi.

Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, Qarshi shahar “Shayxali” mahallasi Bo‘ztepa ko‘chasi 18-yotoqxona 56-xonada yashovchi fuqaro O. Ximmatova onasi, 1-guruh nogironi Mingbayeva Aytosh bilan birga yashab keladi.
2021-yil 13-iyul kuni O. Ximmatova o‘z onasi 1-guruh nogironi Mingbayeva Aytosh bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi binosi oldiga onasini hokimiyat vakillaridan pul undirish maqsadida olib kelgan.
Onasini yuqoridagi manzilda qoldirib, o‘z ishlari bilan ketib, qaytib kelgach, onasiga «nega hokimiyat vakillaridan pul so‘ramading?!» – deb tahqirlagan.
Zo‘ravon ayolning oilasiga 2020 yil yanvar oyidan 2021-yil iyul oyigacha oziq-ovqat va naqd pul shaklida moddiy yordam berilgan.
O. Ximmatova onasiga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari viloyat IIB XQMB masʼul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq saytimiz orqali "Yo‘l chetida tahqirlangan ayol" nomli maqola ham eʼlon qilgandik.







