Jamiyat

Yurtimizda 1 million 211 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 681 748 doza vaksinadan foydalanildi.

Yurtimizda 1 million 211 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi

 

Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 4 987 958 nafarni,

2-bosqichda emlanganlar 1 929 460 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 764 330 nafarni tashkil qildi.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 211 019 nafarni tashkil qilmoqda.

31 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

Andijon viloyati (28 776 doza),

Toshkent viloyati (27 889 doza),

Farg‘ona viloyati (27 085 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

Farg‘ona viloyatida 984 369 doza,

Namangan viloyatida 977 069 doza,

Andijon viloyatida 853 945 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Yurtimizda 1 million 211 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to‘liq emlandi | Zamon.uz