Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini aholi punktiga yaqin kelayotgani aytilmoqda
Zomin tog‘laridagi o‘rmon yong‘ini aholi punktiga yaqin kelayotgani aytilmoqda.


Avval xabar qilganimizdek, bugun Jizzax viloyatining Zomin tumanidagi “Duoba” QFY O‘riklisoy qishlog‘i dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 4 ta vertolyot, FVVning 370 dan ortiq xodimlari bilan birga Milliya gvardiya, IIB, Davlat ekologiya qo‘mitasidan ham kuch va vositalari jalb qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, yong‘in aholi yashash punktiga yaqinlashmoqda.
FVV tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, yong‘in joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi hamda 24 nafar shaxsiy tarkib chiqib ketgan.

Shuningdek, yong‘in hududining kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish uchun FVVdan yana qo‘shimcha 350 dan ortiq shaxsiy tarkibi, Mudofaa vazirligidan 4 ta vertolyot shuningdek, Milliya gvardiya, Ichki ishlar, Davlat ekologiya qo‘mitasi va boshqa tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etildi.
«Hodisa tafsilotlari to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot beriladi», — deyiladi xabarda.







