Jamiyat

Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi

Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligida 2 avgust, dushanba kuni Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi

 

 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Maʼlum qilinishicha, yig‘ilishda ishtirok etgan bosh vazir Abdulla Aripov Olmazor tumani hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonov nomzodini Xalq deputatlari Olmazor tuman kengashi sessiyasida tasdiqlash uchun tavsiya etgan.

Azizxon Umarxonov 2000 yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan va shu yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritgan. 2020 yildan shu kunga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Deputatlar reglamentga muvofiq Olmazor tuman hokimi lavozimiga Azizxon Umarxonovning nomzodini bir ovozdan maʼqullagan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 18 iyul kuni Olmazor tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdumajid Mullajonov 51 yoshida vafot etgandi.

Azizxon Umarxonov Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi | Zamon.uz