Jamiyat

Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi

Ertaga, 3 avgust kuni Toshkentning Sergeli va Chilonzor tumanida ayrim hududlar gaz taʼminotidan vaqtincha uziladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali maʼlum qildi.

Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi

 

2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, “Sergelitumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan tumanning “Oltin vodiy” hamda “Qum ariq” mahallalari isteʼmolchilari uchun o‘rnatilgan GTPni o‘rnatish va ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 3 avgust kuni soat 11:00 dan 18:00ga qadar “Oltin vodiy”, “Aeroport hududi”, “Obi Rahmat” mahallalaridagi aholi va ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Shuningdek, Filialning “Chilonzortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi tomonidan Chilonzor tumani yer osti gaz qudug‘idagi o‘rta bosimli zulfinni taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 yilning 2 avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Tirsakobod”, “Do‘mbirabod”, ”Katta Do‘mbirabod” hamda “Gavhar” ko‘chasidagi aholi va ulgurji isteʼmochilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli gaz taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz isteʼmolchilaridan uzr so‘ragan.

Bugun va ertaga Toshkentning ayrim hududlari vaqtincha gazsiz qoladi | Zamon.uz