Jamiyat

Vaksina olgan ayollar homilador bo‘la oladi

Uzoq kutilgan onalik baxti ostonasida turgan bo‘lajak ona ham o‘zining, ham tug‘ilajak farzandining salomatligi haqida qayg‘uradi

Vaksina olgan ayollar homilador bo‘la oladi

 

 

Shu sababli, homiladorlik davrining kechishi haqidagi barcha tibbiy maʼlumotlar unda o‘zgacha qiziqish uyg‘otadi. Dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishi boshqalarga nisbatan homilador va emizikli ayollar uchun o‘ta hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Bugun yurtimizda barcha COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlanyapti. Ammo homilador va emizikli ayollar, bundan mustasno. Ularning nima uchun emlanmayotganini Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan matbuot anjumanida vazir o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova quyidagicha izohladi:

 

«Homilador va emizikli ayollarning emlanmayotganining asosiy sababi — koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari bunday ayollarda o‘tkazilmagan. Chunki Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti talabiga ko‘ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o‘tkazilgan bo‘lsa, vaksinalar ham o‘sha qatlam orasida qilinishi lozim.

 

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o‘zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda. Masalan, emizuvchi hayvon — sigirlarda vaksinalar sinovdan o‘tkazildi. Hozircha hech qanday nojo‘ya taʼsir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu — emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o‘tadi, degani.

 

Koronavirusga qarshi emlangandan keyin homilador bo‘lgan ayollar homilador bo‘la oladi. Yurtimizda bunday ayollar bor va ularning ahvoli muntazam nazorat qilib borilmoqda. Dastlabki emlash bosqichlaridan buyon 7–8 oy vaqt o‘tdi va shu davr mobaynida birorta ayolda nojo‘ya taʼsir kuzatilmagan. Eng muhimi — vaksina olgani ularning homilador bo‘lishiga hech qanday to‘sqinlik ko‘rsatmagan.”

Bahriniso MADUMAROVA

Vaksina olgan ayollar homilador bo‘la oladi | Zamon.uz