"Volontyorlik maktabi"ga aʼzo bo‘lish uchun elektron ro‘yxatdan o‘tgan 2000dan ziyod yoshlarning 600 nafariga ID-karta beriladi
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tayotgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Yoshlar o‘rtasida volontyorlikni rivojlantirishning yaxlit mexanizmi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Yoshlar markazlari”da “Volontyorlar maktablari” infratuzilmasi joriy etilgan.
Joriy yilning may oyida mazkur Maktabning respublika bo‘yicha 110 nafar mentor-trenerlari tayyorlandi. Hozirda ushbu mentorlar 813 nafar volontyor yoshlarga tasdiqlangan 3 oylik kalendar-reja asosida seminar-treninglar hamda ijtimoiy ahamiyatga ega turli loyihalarni amalga oshirmoqda.
“Volontyorlar maktabi”ga aʼzo bo‘lish istagini bildirib 2 mingdan ziyod yoshlar elektron ro‘yxatdan o‘tishgan, hozirda vaqtda ham ro‘yxatga olish ishlari davom etmoqda. Mazkur Maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan, volontyorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lgan
600 nafardan ziyod yoshlarga Agentlik tomonidan ID-kartalar topshirish rejalashtirlmoqda.
Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi va Volontyorlar assotsiatsiyasining qo‘shma qaroriga muvofiq, 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 28 ta oliy taʼlim muassasasida “Volontyorlik markazlari”ning infratuzilmasi shakllantiriladi va faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu maqsadda “Volontyorlik markazlari” faoliyati O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tomonidan yuritiladi.







