Xodimini “mol”, “eshak” deya haqoratlagan qashqadaryolik mansabdor ogohlantirish oldi
Қашқадарё вилоят Молия бош бошқармаси бошлиғи Файзулла Юсупов ходими — Косон туман молия бўлими бошлиғи Ш.Сафаровни «эшак», «мол» дея ҳақорат қилган. Бу ҳақда вилоят ҳокимлиги ахборот хизмати раҳбари маълум қилди.

Taʼkidlanishicha, bu holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev rahbarligida muhokama qilingan. Va ish faoliyatida xodimlariga nisbatan odob-axloq normalariga amal qilmagan holda, ularni haqorat qilgan viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov qatʼiy ogohlantirilgan.
«Shuningdek, bu kabi holatlarning viloyatdagi boshqa tashkilot rahbarlari ish faoliyatida ham qaytarilishining oldini olish maqsadida, rahbarlar masʼuliyatini oshirish maqsadida, viloyat Moliya boshqarmasi boshlig‘i Fayzulla Yusupov ishini ko‘rib chiqish yuzasidan Moliya vazirligiga taqdimnoma kiritildi. Viloyat hokimligi kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida viloyat tashkilotlarining barcha rahbarlari bilan xodimlar, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatda odob-axloq normalariga rioya qilish to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkaziladigan bo‘ldi», — deyiladi maʼlumotda.







