Jamiyat

O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?

O‘zbekiston qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qilgani maʼlum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi bu haqda tegishli xabar bilan chiqdi.

O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi?



Qo‘mita maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 6 oyida O‘zbekiston xorijga qiymati 7,4 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 22,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 14ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berilgan. Eksport o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,5 ming tonnaga, yaʼni qariyb 5,3 baravarga oshgan.

O‘tgan 6 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 11,8 ming tonna;

  • Rossiya – 6,3 ming tonna; 

  • Qirg‘iz R. – 2,9 ming tonna; 

  • Belarus – 527,0 tonna;

  • Latviya – 524,0 tonna; 

  • Ukraina – 484,2 tonna; 

  • Germaniya – 131,2 tonna; 

  • Moldova – 59,5 tonna.

 

O‘zbekiston bu yil qovun va tarvuz eksportidan qancha daromad qildi? | Zamon.uz