O‘zbekistonda dollar va yevro arzonlashdi
Markaziy bank 4 avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra AQSH dollarining rasmiy kursi -7,02 so‘mga pastlab, 10 646,98 so‘mga yetdi.
Yevro kursi ham pasaydi (-20,06) va 12 653,94 so‘m bo‘ldi.
Bir Rossiya rubli esa +0,17so‘mga oshib, 146,20 so‘mni tashkil etdi.







