Jamiyat

Qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklari mavjud bo‘lganlar vaksina olishi mumkinmi?

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklari mavjud bo‘lganlar vaksina olishi mumkin yoki yo‘qligi to‘g‘risida maʼlumot berdi.

Qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklari mavjud bo‘lganlar vaksina olishi mumkinmi?

Xabar qilinishicha, koronavirus infeksiyasi qandli diabet kasalligi bor insonlarga nisbatan osonroq yuqadi va rivojlanadi. Shu sababli ular emlanishi shart. Shuningdek, odam organizmida qandli diabetning o‘tkir davrida vaksina olish mumkin emasligi qayd etilgan. Shu bilan birga, o‘sma hamda qon bosimining oshishi kabi kasalligi bor fuqarolar ham emlanishi zarur ekani shtab aʼzolari tomonidan aytilgan.

 

Qandli diabet va boshqa surunkali xastaliklari mavjud bo‘lganlar vaksina olishi mumkinmi? | Zamon.uz