Siyosat

“Qumtor” koni qanday va nima sabablarga ko‘ra keng miqyosdagi mojarolar markaziga aylandi?

Kuni kecha deyarli barcha axborot saytlarida bir xabar  tarqaldi.

“Qumtor” koni qanday va nima sabablarga ko‘ra keng miqyosdagi mojarolar markaziga aylandi?

 

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayev uzoq yillardan so‘ng Bishkekka olib kelindi. Akayev 2005 yildan beri Moskvada yashab kelayotgan edi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining maʼlum qilishicha, Asqar Akayev va boshqa bir guruh yuqori martabali amaldorlar Qumtor oltin koni doirasida ochilgan  jinoiy ish yuzasidan tergov qilinmoqda.

Qirg‘iziston  yangi tarixida eng katta korrupsion ish sifatida baholanayotgan ushbu jarayon mintaqa va butun jahonda  aks-sado berdi. Quyida Qumtor koni va uning atrofidagi mojarolarga yana bir bor eʼtibor qaratamiz.

 “Qumtor”  haqida  qisqacha maʼlumot

“Qumtor” Qirg‘izistondagi eng yirik oltin koni bo‘lib, dengiz sathidan 4000 metr balandlikda joylashgan. Kon 1978 yilda ochilgan, 1997 yildan boshlab  mahsulot bera boshlagan.

Kon egasi kim?

Sobiq Ittifoq  parchalanib ketgandan so‘ng, “Qumtor” Qirg‘iziston mulkiga aylandi va xorijiy investitsiya ishtirokida konni o‘zlashtirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 1992 yilda dunyoning eng yirik uran ishlab chiqaruvchilaridan bo‘lgan Cameco korporatsiyasi konni o‘zlashtirishga jalb qilindi va hukumat hamda korporatsiya o‘rtasida shartnoma imzolandi. 2003 yilda esa shartnoma  yangilandi. Hozirgi hukumat ana shu ikki shartnoma yuzasidan tekshiruv olib bormoqda va unda korrupsion unsurlar aralashganligini maʼlum qildi. Ana shu ikki shartnoma keyinchalik konda davlat ulushi kamayishiga sabab bo‘ldi.

Muammo nimada?

“Qumtor” bo‘yicha imzolangan dastlabki shartnomada Cameco ulushi 1/3 ni tashkil etgan. Shu bilan birga korporatsiyaga 2009 yilgacha ijaraga 10070 gektar yer berildi. Bundan tashqari 2003 yilgacha soliq va boshqa to‘lovlardan ozod etildi.

2003 yilda Camecoga berilgan imtiyoz muddati tugagach, korporatsiya hukumatga yangi shartnoma taklif qildi. Unga ko‘ra Centerra Gold Inc. tuziladigan va unga konni hamda Cameconing barcha aktivlari o‘tadigan, keyinchalik ulushlar bo‘lib olinadigan bo‘ldi. Hukumat bunga rozi bo‘ldi, natijada “Kirgizaltin” davlat korxonasiga 33, Centerraga esa 67 foiz ulush tegdi. Bu amalda kon  xorijiy kompaniya nazoratiga o‘tishiga olib keldi. Centerra aslida yana bir bor soliq imtiyozini olish uchun tuzilgan kompaniya edi. Qirg‘iziston Parlamenti 2005 yilga kelib, 2003 yilgi kelishuvni noqonuniy, deb topdi, lekin oradan 2 oy o‘tib Asqar Akayev hukumati ag‘darildi va parlament qarori bekor bo‘ldi.

Q.Bakiyev prezidentligi davrida konda davlat ulushini ko‘paytirishga harakat qilingan bo‘lsa-da, lekin amalda hech narsaga erishilmadi. 2009 yilda Centerraga berilgan yerlarning ijara muddati tugadi. Tomonlar yangi shartnoma ishlab chiqishdi, unga ko‘ra “Kirgizaltin” ulushi ko‘paytirildi, Kanadaliklarga  ko‘shimcha yer ijaraga berildi. Ularning yangi loyihalari 2042 yilgacha soliqlardan ozod etildi. Oradan 2 yil o‘tgach, Bakiyev ham hokimiyatdan ag‘darildi va Belarusga qochib ketdi.

2012 yilda yangi hukumat “Qumtor” bo‘yicha maxsus komissiya tuzdi. Komissiya yakunda bir qancha korrupsion holatlarni aniqladi. Birinchidan, konga investor jalb qilishda noqonuniy yo‘l tutilgan; ikkinchidan, qurilish ishlari ancha qimmat narxga baholangan; uchinchidan ,“Cameco” “Qumtor”ga investor izlayotganida, konni garovga qo‘ygan. Bu esa butun boshli davlat mulkidan o‘zboshimchalik bilan foydalanish edi. Komissiya Qirg‘iziston 2003-2004 yilgi kelishuvlardan katta zarar ko‘rganini aniqladi. Bu esa Akayev prezidentligi davriga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Centerraning 2011 yildagi  daromadining 92 foizi “Qumtor” koni hisobidan kelgani aniqlandi. 2013 yilda Centerra bilan yangi muzokaralar boshlandi. Kompaniya hukumatga 50 foiz ulush taklif qildi, lekin parlament uni 67 foizga yetkazishni talab qildi va kelishuv bekor bo‘ldi. Centerra ekologiyaga ham zarar keltirishda ayblandi. Kompaniyaning Qirg‘izistondagi mavqei kundan kunga pasaya bordi.

Respublikaning yangi Prezidenti Sadir Japarov saylovoldi jarayonlarida “Qumtor”ni milliylashtirishni o‘zining asosiy maqsadlaridan biri ekanini maʼlum qildi. O‘sha paytda Japarovning bu dasturini ko‘pchilik populizm sifatida baholagandi. Lekin Japarov hukumati o‘z vaʼdasining ustidan chiqdi. 2021 yil mayida parlament ekologik  normalar buzilgan taqdirda konni Vazirlar Mahkamasi ixtiyoriga olishni nazarda tutuvchi qonun qabul qildi. Maxsus komissiya tuzilib, unga kon faoliyatini o‘rganish topshirildi. Komissiya kon faoliyat yuritgan yillarda Qirg‘iziston 1.5 milliard  dollar, Kanada kompaniyasi esa 11.5 milliard dollar foyda olganini aniqladi.

Kon respublika ixtiyoriga olingandan so‘ng, birinchi oyning o‘zidayoq 40.3 million dollar daromad oldi, kon IT-tizimi qayta tiklandi, jahon bozoriga 44 ming unsiya oltin sotildi. Shuningdek, Qirg‘izsiton va Centerra o‘rtasida sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Akayev aybdormi?

Qirg‘iziston Bosh Prokuraturasi “Qumto” koni bo‘yicha shartnomalar bo‘yicha jinoyat ishi ochdi. Tergov guruhining maʼlum qilishicha, 1992-2019 yillar davomida bir qancha yuqori martabali amaldorlar Cameco va Centerra Gold Inc bilan o‘zaro til biriktirib, Qirg‘iziston uchun noteng shartnomalar imzolashgan. Prokuratura hozirga qadar bir qancha sobiq va amaldagi deputat hamda hukumat aʼzolarini qamoqqa oldi. Asqar Akayevning olib kelinishi esa ushbu jinoiy ish ko‘lamini kengaytirib yubordi.  Lekin ayrim ekspertlarning fikricha, Akayevning Bishkekka kelishi uning qamoqqa olinishini anglatmaydi. Bu amaldagi hukumat mavqeini yana-da mustahkamlashga qaratilgan siyosiy qadamdir. Chunki shu paytgacha Akayevni hech qaysi Qirg‘iziston Prezidenti respublikaga keltira olmagan edi. Akayev tez  orada Moskvaga qaytib ketishi mumkin. Akayevning o‘zi uni hech kim zo‘rlik bilan olib kelmaganini, o‘z hoxishi bilan kelganini maʼlum qildi.

Agar Bosh Prokuratura tekshirayotgan holatlar tasdiqlansa, Qirg‘izistonning ko‘plab sobiq oliy martabali amaldorlari qamoqqa olinishi mumkin. Hukumat esa tergov jarayonlarini oxirigacha yetkazish bo‘yicha pozitsiyasi qatʼiy ekanligini maʼlum qilmoqda.

 Jahongir Qo'ziyev

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

“Qumtor” koni qanday va nima sabablarga ko‘ra keng miqyosdagi mojarolar markaziga aylandi? | Zamon.uz