Samarqandda “Captiva” yonib ketdi
Samarqandda “Captiva” yonib ketdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 3-avgust kuni soat 16:20 larda Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Mirzo Ulugʻbek koʻchasida joylashgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida toʻxtab turgan “Captiva” rusumli avtomobilning dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Avtomobilga zarar yetgan.
Mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻraymiz.







