«Toshkent transporti» mobil ilovasi ishga tushirildi
Ushbu mobil ilova foydalanuvchilari poytaxt jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Maʼlumotga ko‘ra, yo‘lovchilar o‘zlariga eng yaqin bo‘lgan oraliq bekatlari to‘g‘risidagi maʼlumotga ega bo‘lgan holda manziliga yetib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.
Shuningdek mazkur ilova orqali:
▫️ yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishini ko‘rish;
▫️ shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo‘nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo‘yicha aniq qo‘llanmaga ega bo‘lish mumkin.
Ilovani Google Play va AppStore orqali yuklab olish mumkin.







