AQSHdan olib kelingan Moderna vaksinasi Samarqandga keltirildi
Yaqinda O‘zbekistonga AQSHdan 3 million doza Moderna kompaniyasi vaksinasi olib kelingan edi.

Ushbu preparatning samaradorligi 94 foizdan yuqori, emlash kursi bir oy oralig‘ida qo‘llaniladigan 2 dozadan iborat.
Samarqandga mazkur vaksinadan 275 ming 520 doza keltirildi va viloyatdagi barcha emlash punktlariga tarqatilgan.
18 yoshdan yuqori hamda vaksina olishi mumkin bo‘lgan aholining barcha qatlami keltirilgan boshqa vaksinalar qatori ushbu vaksinadan ham foydalanishlari mumkin.







