Sport

O‘zbekiston Top 5 Cosmo ichida ikkinchi o‘rinni egalladi

Cosmopolitan Russia ekspertlari 3 avgust kuni MDH olimpiya terma jamoalarining formalari bo‘yicha o‘z reytingini tuzdi. Sport kiyimlari dizayn va jahon moda tendensiyalari bo‘yicha baholandi.

O‘zbekiston Top 5 Cosmo ichida ikkinchi o‘rinni egalladi

 

Cosmopolitan maʼlumotlariga ko‘ra, kuchli beshtalikka Rossiya (ZASPORT), O‘zbekiston (7SABER), Qirg‘iziston (BIGSER), Belarus (“Solo-Pinsk”) va Qozog‘iston (JOMA) liboslari kirdi. Jurnal mutaxassislarining alohida taʼkidlashicha, bir vaqtning o‘zida uchta mamlakatning sport kiyimi dizaynida zamonaviy yashil-moviy ranglari uyg‘unligini ko‘rish mumkin.

 

Taʼkidlash joizki, Cosmopolitan reytingi olimpiadachilarning tantanali formasiga emas, balki aniq sport turlariga tegishli. O‘zbekiston Top 5 Cosmo ichida ikkinchi o‘rinni egalladi.

 

1-o‘rin: Rossiya / ZASPORT

 

 

Rossiya terma jamoasiga forma yaratishi kerak bo‘lgan ZASPORT brendi oldida qiyin vazifa bor edi — hali sanksiyalar ostida bo‘lgan jamoa uchun dizayn o‘ylab topish. Buning uchun ular o‘zlarining bor mahoratini ishga solishi va belgilangan cheklovlarga mos keladigan dizayn yaratishlari kerak edi. Aytish mumkinki, ular bu vazifani aʼlo darajada uddalashdi: kurtkalarda uch rangli chiziq yelpig‘ich shaklida ochilgan va mashhur «Kanagavadagi katta to‘lqin» o‘yinchoqlaridagi o‘yma chizmalar krossovkalar chiziqlari uchun ilhom manbai bo‘lgan.

 

II o‘rin: O‘zbekiston / 7SABER

 

 

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sport kiyimi eʼtibordan chetda qolmadi: feruza-moviy rang oralig‘i jahon tendensiyalariga mos keladi. Shu bilan birga, 7SABER brendi dizaynerlari madaniy asliyatni ham saqlab qolgan: milliy bezak juda zamonaviy va bir-birini to‘ldirgan holda dizaynga kiritilgan.

 

III o‘rin: Qirg‘iziston / BIGSER

 

 

Qirg‘izistonlik atletlarning formalari o‘zining yorqinligi bilan ajralib turadi. Dizaynerlar kiyimlarda sportchilarining ruhini aks ettirishga harakat qilishgan va grafik elementlari bo‘lgan akula og‘zidan foydalanishgan. Bunday chizmalar ko‘proq jangovar xalqaro turnirlarda uchraydi. Ammo BIGSER ijodkorlari qo‘lidan kelganicha harakat qilgan va bu printni zamonaviy tarzda qo‘llay olgan.

 

IV o‘rin: Belarus / “Solo-Pinsk”

 

 

Belarus terma jamoasi imijini biroz o‘zgartirishga qaror qildi va Olimpiya formasi uchun anʼanaviy bo‘lgan davlat bayrog‘i rangidagi umumlashmadan voz kechdi. Endi mamlakatning rasmiy ranglari – oq asosdagi yashil rang bilan birga moviy rangning 50 xili sanaladi. To‘plamni tayyorlagan «Solo -Pinsk» kompaniyasining taʼkidlashicha, bu g‘alaba, erkinlik va omad ranglari hisoblanadi.

 

V o‘rin: Qozog‘iston / JOMA

 

 

Yaponiyada Qozog‘iston terma jamoasiga forma yaratgan JOMA brendi o‘z yo‘lidan ketdi va rang-barang variantlar o‘rniga «Go‘zallik oddiylikda» shiori bilan libos yaratdi: eng muhimi, formada keraksiz elementlar yo‘q. Olimpiya formasi dizayneri Saltanat Baymuhammedovaga Olimpiya o‘yinlaridan keyin mazkur formani kiyishni xohlagan sportchilarning o‘zi ilhom bergan. Shuning uchun u o‘z oldiga sport uslubida umumiy libos yaratishni maqsad qilgan.

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.