Jamiyat

O‘zbekistonda qancha abituriyent OTMlarga hujjat topshirgani maʼlum qilindi

Davlat test markazi 2021/2022-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot eʼlon qildi.

O‘zbekistonda qancha abituriyent OTMlarga hujjat topshirgani maʼlum qilindi

 

Maʼlum qilinishicha, jami 948 211 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Taʼlim shakllari bo‘yicha:

  • kunduzgi taʼlim shakli – 479 627 nafar;

  • sirtqi taʼlim shakli – 435 995 nafar;

  • kechki taʼlim shakli – 32 589 nafar.

Tillar kesimida:

  • o‘zbek tili – 804 660 nafar;

  • rus tili – 109 232 nafar;

  • qoraqalpoq tili – 31 462 nafar;

  • boshqa tillar – 2 857 nafar.

 

 

 

Mazkur statistika yakuniy bo‘lib, unga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan, taʼlim yo‘nalishlarini tanlamagan, tekshirishlar natijasiga ko‘ra hali maktabni tamomlamaganligi aniqlangan abituriyentlar kiritilmagan.

O‘zbekistonda qancha abituriyent OTMlarga hujjat topshirgani maʼlum qilindi | Zamon.uz