Respublika bo‘yicha sharoiti og‘ir mahallalarga mablag‘ ajratiladi
Shavkat Mirziyoyev respublikadagi eng og‘ir sharoitdagi mahallalarga 100 million dollar ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
«Nurmuratov yil yakuniga qadar iqtisodiyotga ajratilgan kredit hajmini 135 trillion so‘mga yetkazish, shundan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 9 trillion so‘m kreditlar ajratishni taʼminlasin», — dedi prezident.
Shuningdek, prezident Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida qo‘shimcha kredit ajratish topshirig‘ini berdi.
Bundan tashqari, Transport vaziri Ilhom Maxkamovga yil yakunigacha kamida 100 ta yangi yo‘nalishlar tashkil etib, jamoat transporti yetib bormagan 1113 ta mahallani ham qamrab olish bo‘yicha topshiriq berildi.







