Jamiyat

“Salar” kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

“Salar” kanali bo‘yida va shu nomli suv tozalash inshooti atrofida ishlaydigan ishlab chiqarish binolari va qushxonalar Toshkent tashqarisiga o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

“Salar” kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi

 

Terini qayta ishlash, to‘qimachilik va parrandachilikka ixtisoslashgan korxonalar, shuningdek, qoramol qushxonalari Toshkent viloyatining Olmaliq va Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan «maxsus sanoat zonalari»ga o‘tadi.

 

Mazkur qaror mahallalar aholisining tozalash inshooti atrofidagi murojaatlarini o‘rgangan ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari asosida qabul qilinib, mazkur korxona vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda eʼlon qilindi.

“Salar” kanali bo‘yidagi qayta ishlab chiqarish va qoramol qushxonalari Toshkent viloyatiga ko‘chiriladi | Zamon.uz