Jamiyat

Farg‘onada Matiz va Nexia to‘qnashib ketdi, 13 yoshli qiz vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida Matiz avtomashinasi Nexia‘ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Farg‘onada Matiz va Nexia to‘qnashib ketdi, 13 yoshli qiz vafot etdi

 

 

Toshloq tumani Qashqar qishlog‘i hududidan o‘tgan Zarkent-Qalʼacha avtomobil yo‘lining 1-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda “Yoshlar” telekanali "Yangi Davr" informatsion dasturida xabar qilindi.

 

Qayd etilishicha, Matiz haydovchisi o‘ziga nisbatan bitta yo‘nalishda harakat qilib kelayotgan Nexia‘ni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Matiz avtomashnasi quvib o‘tish qoidasini buzib harakatlanayotganda yo‘l chetidagi 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan.

 

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

 

Hozirda tezkor tergov guruhi hamda mutasaddi xodimlari bilan birgalikda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Farg‘onada Matiz va Nexia to‘qnashib ketdi, 13 yoshli qiz vafot etdi | Zamon.uz