Jamiyat

Siyob kanalidan oq rangli suv oqishi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqanddan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqishi natijasida kanal atrofida yashovchi aholiga jiddiy muammolar keltirib chiqarayotganligi” bo‘yicha vidio murojaat tarqaldi.

Siyob kanalidan oq rangli suv oqishi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Camarqand viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi shuni maʼlum qiladiki, haqiqatda ham joriy yilning 5 avgusti kuni Toyloq va Samarqand tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Siyob kanalidan oq rangdagi chiqindili suv oqayotganligi aniqlandi.

Ayni damda mazkur yerdan hamda holat yuzasidan aybdor deb gumonlanayotgan tadbirkorlik subyektining himoya mintaqasidan laboratoriya namunalari olinib, qonun talablari doirasida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Siyob kanalidan oq rangli suv oqishi aniqlandi | Zamon.uz