Surxondaryolik bir qator bosqinchilarga chora ko‘rildi
Sho‘rchi tumanida 2021 yil 25 iyul kuni soat 01.30 larda, Denov tumani “Qizilgul” mahallasida yashovchilar, K. Sherali va maktab o‘quvchisi, U. Javohir, Uzun tumanida yashovchilar, A.Islom, B.Jahongir va R.Ulug‘beklar I. Abdumalik boshqaruvidagi Neksiya rusumli, avtoulovida yurishgan.

Shu mahallada yashovchi, S. Sanjarning qo‘lida telefon borligini ko‘rib, uning yoniga to‘xtab, R.Ulug‘bek S. Sanjarga qo‘l telefonidan telefon qilib olishligini aytib, undan telefonini olgan vaqti K. Sherali qo‘li bilan S.Sanjarning jag‘ sohasiga urib, so‘ng uning sheriklari ham S.Sanjarning turli joylariga urib tan jarohati yetkazishib, unga tegishli bo‘lgan “SUMSUNG S7" rusumli qo‘l telefonini olib, avtomashinaga o‘tirib, voqea joyidan yashirinishgan. Bu haqida Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
S.Sanjarning olgan tan jarohati o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan.
Mazkur holat yuzasidan 26 iyul kuni K. Sherali, U. Javohir, I. Abdumalik, B. Jahongir va R.Ulug‘beklarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.







