Jamiyat

Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda hukumat portalining “Telegram”dagi rasmiy kanali xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

 

 

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra:

  • Sherzod Karimov Vazirlar Mahkamasi Taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib;

  • Sharifbek Hasanov Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari - Turizm va sportni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

  • Alisher Nazarmuhammedov Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari shuʼbasi mudiri etib;

  • Shahobiddin Musayev Vazirlar Mahkamasi Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatining Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi mudiri etib tayinlandi.

Vazirlar Mahkamasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi | Zamon.uz