Yunusobod tumanida yangi daha tashkil etiladi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yangi daha tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida "Yunusobod tumani Otchopar-2 mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi massivga Manzar nomini berish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda.
Qaror qabul qilinganidan so‘ng, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini xududida yangi tashkil etiladigan mavzega “Manzara” nomlagichlari o‘rnatiladi va tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashining doimiy masʼul komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi.







