Jamiyat

“Hammasi shunday boshlangan...” I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 55 yoshda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Igor Vitaliyevich Saviskiy nomidagi davlat sanʼat mauzeyining ochilganiga 55 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan “Hammasi shunday boshlangan...” nomli ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazma sabab ekspozitsiyaning ilk ko‘rinishi maʼlum muddatga qayta tiklandi.

“Hammasi shunday boshlangan...” I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 55 yoshda

 

 

Unda A.Volkovning “Bomidor terimi”, P.Benkovning “Ko‘cha”, S.Kalibanovning “Tushlikdan oldin”, A.Nikolayevning “O‘zbek dutori bilan”, A.Shevchenkoning “Fotografiya” kabi Saviskiyning eʼtiborini tortgan asarlar ham namoyish etilmoqda.

 

 

Sovet rassomi, restovrator, etnograf, sanʼatshunos I.V.Saviskiy 1950 yilda Markaziy Osiyoga, Qoraqlpog‘istonga ko‘chib keladi. Shuningdek,  keyingi faoliyatini arxeologik tadqiqotlar va qoraqlpoq etnografiyasini o‘rganishga bag‘ishlaydi. Keyinroq, 1956-1966 yillar davomida qoraqalpoq xalq amaliy sanʼati namunalari, Qadimiy Xorazm arxeologik buyumlarini, XX asr boshlariga tegishli Rossiya va O‘zbekiston tasviriy sanʼati durdonalarini va zamonaviy Qoraqalpog‘iston tasviriy sanʼati namunalarini jamlaydi. Shu tariqa ijodkor tomonidan Nukusda muzey tashkil etiladi. Muzey 1966 yil 1 may kuni o‘zining ilk mehmonlarini kutib oladi.

 

 

2011 yili muzey “Turistlar nazariga tushgan muzey” diplomiga ega bo‘lib, 2016 yili O‘zbekistonning yetti mo‘jizasining biri sifatida tan olingan.

 

Bugungi kunda muzeyda 100 mingga yaqin eksponat saqlanib, ulardan 2,5 mingtasi ko‘rgazmaga qo‘yilgan. 

 

“Hammasi shunday boshlangan...” I.V.Saviskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi 55 yoshda | Zamon.uz