Jamiyat

MIB.UZ mobil ilovasi ishga tushdi

Qonunga xilof ravishda ishdan bo‘shatilgan 643 nafar fuqaro ishga tiklandi. Ularga to‘lanmay qolgan 32,5 mlrd so‘mlik ish haqlari undirib berildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi rahbariyati tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

MIB.UZ mobil ilovasi ishga tushdi

 

Tadbirda MIB tashabbusi bilan oilaning jamiyatdagi o‘rni va uning muqaddasligi masalasida aholi orasida profilaktika-tushuntirish ishlari olib borilgani alohida taʼkidlandi. Mazkur ishlar samarasida 11 ming 400 dan ortiq oila yarashtirildi. Shuningdek, byuro organlari uchun doimo eʼtiborda bo‘lib kelayotgan — «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ehtiyojmand fuqarolarga 265,8 mlrd so‘m mablag‘lar o‘tkazib berildi.

 

Tadbir davomida qatnashchilarga yana bir yangilik — MIB.UZ mobil ilovasida yangi «Bo‘lajak hamkoringizni biling!» xizmati ishga tushirilgani va buning imkoniyatlari haqida batafsil izoh berildi:

 

«Ushbu xizmat orqali fuqarolarimiz hamda tadbirkorlar hamkorlik va moliyaviy kelishuv qilmoqchi bo‘lgan subyektlarga tegishli shaxslarning fuqarolik pasporti seriyasi, raqami yoki korxonaning INN (STIR) raqamlarini kiritish yo‘li bilan o‘sha korxona yoki fuqarolarning nomida mol-mulklari mavjud emasligi sababli, amalda undirish imkoni yo‘qligi haqida maʼlumotlarga ega bo‘lishadi».

Bahriniso Madumarova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"