Jamiyat

“Moderna” endi ikki dozada qabul qilinmaydi

“Moderna” uchinchi doza vaksinani olish zarurligini maʼlum qildi.  Bu haqda kompaniyaning ikkinchi chorak bo‘yicha moliyaviy hisobotida qayd etildi.

“Moderna” endi ikki dozada qabul qilinmaydi

 

 

Kompaniyaning taʼkidlashicha, bu Covid-19 ning yangi shtammlariga qarshi immunitet hosil qilishda muhim hisoblanadi. Uchinchi doza to‘liq emlashdan  olti oy o‘tgandan keyin qilinishi zarur. Shu kungacha “Moderna”  2 dozada qabul qilinayotgan edi.

 

Moliyaviy hisobotga ko‘ra, kompaniya ikkinchi chorakda jami 4.4milliard dollar daromad qilgan, shundan 2.8milliard dollar sof foyda hisoblanadi. So‘nggi  3 oyda 200 million, yil boshidan buyon esa 302 million  doza “Moderna” sotilgan, bu kompaniyaga  olti oyda 5.9 milliard  dollar foyda keltirgan.

 

Ishlab chiqaruvchi  2021 yil uchun jami 20 milliard dollarlik shartnoma  imzolagan. Shu bilan birga 2022 yil uchun qo‘shimcha 12milliardlik shartnoma mavjud.

“Moderna” endi ikki dozada qabul qilinmaydi | Zamon.uz