O‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanganayotgan qidiruvdagi erkak ushlandi
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs 1956 yilda tug‘ilgan Vasiliy Korjukar Georgiyevich hisoblanadi. U doimiy yashash joyiga ega emas.

Avvalroq Toshkent shahrida o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumonlanayotgan 65 yoshli erkak qidirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, qidiruvdagi shaxs Korjukar Vasiliy Georgiyevich qisqa muddat ichida qo‘lga olindi. Uni aniqlashda ko‘maklashgan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiramiz, deyiladi xabarda.







