Jamiyat

Qancha o’zbekistonlik emlanishni xohlamasligi aniqlandi

Fuqarolarning 36,5 foizi koronavirusga qarshi emlanishni xohlamaydi, 53,2 foizi esa emlanishga tayyor.

Qancha o’zbekistonlik emlanishni xohlamasligi aniqlandi

 

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o’tkazgan so’rovda qatnashgan har 10-fuqaro emlanish borasida yakuniy qarorga kelmagani ma’lum.

 

45−54 yoshli ishtirokchilarda qolgan yoshdagilarga qaraganda emlanishga tayyorlik yuqori. 8,6 foiz respondent esa emlanishni samarasiz, deb hisoblaydi. 35,9 foiz aholi vaksinaning ehtimoliy nojo‘ya ta’sirlaridan xavotirda.

Qancha o’zbekistonlik emlanishni xohlamasligi aniqlandi | Zamon.uz