Jamiyat

“Tezkor shtab” rahbari shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazadi

Xabaringiz bor, joriy yilning 23 iyul kuni Prezident boshchiligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Tezkor shtab” rahbari shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazadi

 

Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida respublikamizning barcha hududlarida mahalliy mutasaddilar uchun maxsus o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda. Shunday seminarlardan biri Samarqand viloyatida ham o‘tkazilmoqda.

 

“Zoom” platformasi orqali tashkil etilayotgan seminarlarda mutasaddi tashkilot vakillari qatnashmoqda.

 

Seminarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha hokimliklar qoshida “Tezkor shtab”lar tuzilayotgani alohida taʼkidlandi. Uning rahbari viloyat hokimi bo‘lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. Uning vazifasi Prezident tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq, tavsiyalar ijrosini taʼminlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.

 

 “Tezkor shtab” guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta o‘rganilgan murojaatlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo‘yicha kunlik maʼlumotlarni yig‘adi. Natijada, ushbu ko‘rsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari o‘rgangan holda hujjatlar yig‘ib boriladi. 

“Tezkor shtab” rahbari shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazadi | Zamon.uz