Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs qidirilmoqda
Toshkent shahar IIBB o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanuvchi shaxsni qidiruvga berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati maʼlum qildi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs 1956 yilda tug‘ilgan Vasiliy Korjukar Georgiyevich hisoblanadi. U doimiy yashash joyiga ega emas.
Belgilari: bo‘yi 160 santimetr, o‘rtacha gavdali.
«Hurmatli fuqarolar, agar siz Vasiliy Korjukar qayerdaligi haqida biror bir maʼlumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limiga yoki (71)-265-04-39, (71)-230-08-13, (98)-800-38-39, 102 raqamlari orqali qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi», — deyiladi xabarda.







