Zangiotada noqonuniy hujra aniqlandi
Zangiotada noqonuniy hujra aniqlandi


Zangiota tuman IIB TEQKB hamda IIB XPB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan fuqaro tomonidan voyaga yetmagan 24 nafar bolalarga yashirincha hujra tashkil etgani aniqlandi. Bu haqda Zangiota tumani hokimligi xabar bermoqda.
Ushbu fuqaro joriy yil iyun oyi boshidan 24 nafar voyaga yetmagan va bir nafar voyaga yetgan bolalarga “Arab alifbosi”, “Tajvid” “Qurʼon Karim” sura va oyatlaridan noqonuniy diniy saboq berib kelgan. Uning xonadonidan 18 dona “Qurʼon Karim” va 6 dona “Muallimi soniy” kitoblaridan daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirdi.
Bahriniso Madumarova







