Jamiyat

Andijon davlat universiteti dotsenti qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura xuzuridagi Departament va DXX Andijon viloyati Boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ADU dotsenti K.U boshqa bir fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 1.400 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Andijon davlat universiteti dotsenti qo‘lga tushdi

 


U abituriyentni O‘sh tibbiyot instituti stomatologiya fakultetiga o‘zining Qirg‘izistondagi yaqin tanishlari yordamida o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda kilgan.

 

Hozirda viloyat Departamenti tomonidan K.U ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Andijon davlat universiteti dotsenti qo‘lga tushdi | Zamon.uz