Jahon

Jurnalist jonli efir paytida talandi

Gretsiyaning Attika hududidan jonli efirda  o‘rmon yong‘inlari haqida xabar uzatayotgan muxbir talonchilarga duch keldi.

Jurnalist jonli efir paytida talandi

 

 

Xabar qilinishicha, OPEN TV muxbiriga talonchilar tahdid qilganda yaqin atrofdagi politsiya xodimlari voqeaga aralashmagan.

 

Janjalning boshlanishi jonli efirga ketgan, ammo ko‘p o‘tmay aloqa uzilib qolgan.

 

15 kishidan iborat talonchilar muxbir Elefteriya Spiraki va  tasvirga oluvchilar guruhini o‘rab olgan, avtomobil oynalarini sindirib,  operatorlarning shaxsiy buyumlari va pullarini o‘margan, ularni qattiq haqorat qilgan.

 

Jurnalist telefon orqali to‘rt nafar politsiyachi ularning to‘g‘risida turgani va voqeaga aralashmaganini yig‘lab aytib bergan. Faqat o‘t o‘chiruvchilar aralashganidan so‘ng talonchilar qochib ketgan.

 

Sharofat Mahmudova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"