Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan qiz Germaniyada davolanmoqda
Mudofaa vazirligi otaliqqa olgan Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 20 yoshli Maftuna O‘sarova 2021 yil 2 avgust kuni Germaniyaning “Asklepios” zamonaviy klinikasiga davolanishga yuborildi.

2016 yilda Maftuna dunyoda juda kam uchraydigan “Тakayasu sindromi”, yaʼni magistral qon tomirlari torayishi oqibatida insultga chalindi va birinchi darajali nogiron bo‘lib qoldi.
Hozirda Maftuna O‘sarova Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Germaniyaning “Asklepios” klinikasida 3 kun davomida ixtisoslashtirilgan tekshiruvlardan o‘tkazildi va intensiv davolash-sog‘lomlashtirish muolajalarini olmoqda.
Mudofaa vazirligi doimiy ravishda Germaniya klinikasi mutaxassislaridan davolash jarayonlarini o‘rganib, nazorat qilib bormoqda.
Zamon.uz'ga xabar berishlaricha, ayni paytda Maftuna O‘sarovaning sog‘ligi yaxshilanib bormoqda.







