Samarqandda “Kannabis plantatsiyasi” topildi
Samarqandda o‘tkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktika oyligi doirasida IIB xodimlari Jomboy tumanida ko‘p miqdorda “Kannabis” o‘simligini yetishtirayotgan shaxsni aniqlashdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Qayd etish kerakki, viloyat hududida uyushgan jinoyatchilik va giyohvand vositalari tarqalishini oldini olish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida IIB tomonidan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligini o‘tkazish borasidagi chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Oylik doirasida hududlar kriminogen vaziyatiga qarab toifalarga ajratilgan. Jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ishlar tizimli tashkil etilgan. Shuningdek, voyaga yetmaganlar va yoshlar orasidagi huquqbuzarliklarni oldini olish, psixotrop moddalarning tarqalishi, fohishaxonalar faoliyatiga chek qo‘yish kabi qo‘shma “reyd tadbirlar” tashkillashtirilyapti.







