Samarqanddagi "Kannabis plantatsiyasi" o‘rimi boshlandi
Samarqandda oʻtkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligini doirasida koʻp miqdorda “kannabis” oʻsimligini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi.


Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xodimi Jahongir Saʼdullayevning maʼlumot berishicha, kunning birinchi qismida aniqlangan "kannabis plantatsiyasi"da o‘rim boshlangan. Giyohvandlik o‘simligi ildizi bilan sug‘irib olinyapti. O‘rimni to‘liq yig‘ib olish uchun uchta traktor jalb etilgan. Yer maydonini “hosil”dan tozalash ishlari davom etmoqda.
Avvalroq, Samarqandda o‘tkazilayotgan “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktika oyligi doirasida IIB xodimlari Jomboy tumanida ko‘p miqdorda “Kannabis” o‘simligini yetishtirayotgan shaxsni aniqlashgani haqida xabar bergan edik.







