Jizzaxlik fuqaro 300 mln so‘mga "uxladi"
Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, "Qulama" qishloq fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi, qurilish korxonasi rahbari I.T. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, 300 million so'mga chuv tushganligini bildirgan.

Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, 2019-yilning iyul oyida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, "Boshliq" mavzesida yashovchi E.N. o'ziga tegishli “Malibu”ni arizachining nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilib, 300 million so'm olgan.
“Malibu”ni ikki yil kutgan I.T. aldanganini tushungach, ichki ishlar organlariga ariza yozishga qaror qildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.







