Jahon

Moskva viloyatida muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi

Moskva viloyatidagi Odinsovo va Mitishi shaharlarida ikkita ommaviy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi.

Moskva viloyatida muhojirlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir etildi

Unda jami 60 nafarga yaqin muhojir qatnashgan. Guvohlarga ko‘ra, ishtirokchilarning qo‘lida pichoq va temir bo‘laklari bo‘lgan. Voqea oqibatida IIV qo‘lga olingan muhojirlarni qayta mamlakatga kirish huquqidan mahrum qilib, deport qilish harakatini boshlagan. 
Qayd etilishicha, 6 avgustga o‘tar kechasi "Odinburg" turar-joy majmuasida ommaviy mushtlashuv yuz bergan. Manbalarga ko‘ra, tortishuv  sobiq Ittifoq respublikalari, shuningdek, Rossiya Federasiyasining Janubiy hududlaridan kelganlar o‘rtasida yuz bergan. 
Shu kuni Moskva viloyatining Mitishi shahrida ham shunga o‘hshash voqea sodir bo‘lgan. U yerda 40 ga yaqin muhojir ommaviy otishma-mushtlashuv ishtirokchisiga aylandi. 
Qurolli otishma “Chegarachi” ko‘chasida yuz bergan. Unda, asosan,Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari ishtirok etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra jarohatlanganlar  bor. 
Norasmiy xabarlarda aytilishicha, tortishuv Rossiyaga ishlash uchun borgan o‘zbek, chechen va tojik millatiga mansub kishilar o‘rtasida yuz bergan. 
Rossiya ichki ishlar vazirligining Moskva viloyatidagi matbuot xizmati holat yuzasidan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi (“bezorlik”) bilan jinoyat ishi ochilganini bildirdi.

RF Ichki ishlar vazirligi tahlillari so‘nggi vaqtlarda Rossiyada muhojirlar orasida bu kabi tortishuv va tartibbuzarliklar soni ortganini ko‘rsatmoqda. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ayni kunlarda MDH davlatlaridan kelgan 700 mingdan ortiq muhojir noqonuniy faoliyat olib bormoqda. 
Hozirga qadar qurolli to‘qnashuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan hech qanday munosabat bildirilmadi.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Yadroviy zarba xavfi: Eron aholiga favqulodda ko‘rsatmalarni e’lon qildi

Eron davlat televideniyesi yadroviy zarba berilgan taqdirda aholining qanday harakat qilishi kerakligi haqida ko‘rsatmalarni namoyish etdi.

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Eron baliqchi kemasini qaroqchilar egalladi: Hindiston dengiz floti ekipajni qutqardi

Qutqaruv ishlari 48 soat davom etgan.

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Mayda bezorilikdan politsiya buyrug‘iga bo‘ysunmaslikkacha: Rossiyada deportatsiya choralari kengaytirildi

Migratsiya qoidalarini buzganlik uchun jazolar kuchaytirildi.

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

AQShning Eronga zarbalari: Qeshm orolida portlashlar eshitildi

Amerika rasmiylari hujumni mudofaa chorasi sifatida ta’riflagan.

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

AQSh, Rossiya va Ukraina muzokaraga tayyorlanmoqda: Uitkoff kun tartibini ochiqladi

Muzokaralar 10-11-noyabr kunlari Abu-Dabida o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qozog‘istonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi: 10 kishi ushlandi

Qo‘lga olinganlar ekstremistik guruh tuzish, terrorizmni targ‘ib qilish va diniy adovat qo‘zg‘atishda gumon qilinmoqda.